Mobil dasturchilikdan Voice AI'gacha
Yo'lni Flutter mobil dasturchi bo'lib boshlaganman. UIC Group'da 20+ korporativ mobil ilova qurdim — Clean Architecture va BLoC, yuklanish ~40% tez, 15+ REST API, audio/video streaming, to'lov tizimla va murakkab animatsiyala; CI/CD yo'lga qo'yishda ham qatnashdim.
Keyin AIBA (AI Business Assistant) loyihasida mobil jamoaga yetakchilik qildim: AI vositala va generativ servisla mobil ilovalarga qo'shildi, code review va mentorlik manda edi. Soliq yo'nalishida TaxPay fintech to'lov ilovasini noldan qurdim — Flutter, karta ulash, OTP, tranzaksiyala va PCI talablariga mos REST integratsiyala.
Bugun Consort Group'da Voice AI Engineer'man: Growz'dagi real vaqtli ovozli AI agronomni qurdim — oqimli audio, navbat bilan gaplashish, aks-sadoni bostirish.
Full-stack tomoni ham manda: mobil oldingi tajriba ustiga Python/Django backend, PostgreSQL, Nginx va Linux server boshqaruvi qo'shildi. Kod, QA, monitoring va tungi incident-response — 24/7 AI-agentlada; strategiya, kontent sifati va mas'uliyat — manda.