Men haqimda · Voice AI Engineer · Toshkent

Jahongir Qo'ziboyev(Jayson Khan)

Consort Group’da Voice AI Engineer sifatida Growz ilovasining real vaqtda ishlaydigan ovozli AI agronomini qurganman. UzExam asoschisiman: Django platformasi, yettita mobil ilova va LLM asosidagi AI quvurlarini rivojlantiraman. EduStats ham o‘z loyiham.

CV yuklab olish · Voice AI Engineer
01

Ish tajribasi va ta’lim

2026-yil iyunidan Consort Group’da Voice AI Engineer bo‘lib ishlayman. Growz’dagi ovozli AI agronomni qurdim: Socket.IO orqali real vaqtdagi ovozli suhbat, oqimli PCM audio, navbat bilan gaplashish, aks-sadoni bostirish va audio fokusni boshqarish. Bizon’da oqimli AI-chatni, Growz’da rasm orqali tashxisni ham chiqardim.

2026-yil yanvar–aprel oylarida Soliq servis AJ’da Software Engineer sifatida TaxPay’ni Flutter, Clean Architecture va BLoC asosida qurdim. Karta ulash, OTP, to‘lovlar va tranzaksiyalar tarixini ishlab chiqdim. Ilova ishga tushirishga tayyor holatga yetdi, ammo bo‘lim yopilgach ommaga chiqarilmadi.

2023-yil sentabridan 2025-yil dekabrigacha UIC Group’da Software Engineer sifatida Android va iOS ilovalari, API integratsiyalari va ilova unumdorligi ustida ishladim. Shu davrda AI Business Assistant loyihasida ham (2025-yil avgust–noyabr) assistent funksiyalarini ishlab chiqdim va mobil jamoa vazifalarini muvofiqlashtirdim.

2026-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Dasturiy injiniring yo‘nalishini bakalavr darajasi bilan tamomladim. Hozirgi ishlarim ovozli AI, LLM integratsiyalari, Django API, PostgreSQL, Redis va o‘z mahsulotlarimni doimiy rivojlantirishni qamrab oladi.

02

Nima quraman

UzExam — 167k+ ochiq savol, 39k+ ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi va 7 mobil ilova. IELTS, Multilevel, SAT, DTM, Milliy sertifikat, Avtotest va Intervyu — web, Telegram va Flutter'da.

EduStats — 54k+ Telegram foydalanuvchi, katalogda 208 faol OTM va 126 OTM bo'yicha o'tish ballari. Talabalar fikri, reytinglar va manbali ta'lim statistikasi bir joyda.

Ikkalasi ham jonli production'da. President Tech Award 2026 ishtirokchisiman.

Loyihalar ↗
03

Texnologiyalar

Voice AI

Real-time audio streaming · WebSockets · Socket.IO · PCM audio · turn-taking · echo prevention

AI

LLM APIs (Claude, Gemini, OpenAI) · AI pipelines · vision-model checks · Claude Code

Backend

Python · Django · DRF · FastAPI · aiogram · PostgreSQL · Redis

Mobile clients

Flutter · Kotlin · iOS · Android

Web / DevOps

JavaScript · TypeScript · HTMX · Nginx · Linux · CI/CD

Ism variantlari

Ismim alifbo va transliteratsiyaga qarab turlicha yoziladi. Qidiruvda topish oson bo'lishi uchun asosiy variantlar:

Lotin / Latin
Jahongir Qo'ziboyevQo'ziboyev JahongirJahongir KuziboevJahongir Quziboyev
Кирилл (ўзбек)
Жаҳонгир ҚўзибоевҚўзибоев Жаҳонгир
Кириллица (рус.)
Жахонгир КузибоевКузибоев ЖахонгирДжахонгир Кузибоев
Brand / Бренд
Jayson KhanJaysonKhanЖейсон Хан@jaysonkhan
FAQ

Ko'p so'raladigan savollar

Jahongir Qo'ziboyev kim?

Toshkentda Consort Group’da ishlaydigan Voice AI Engineer va UzExam asoschisi. EduStats’ni ham yaratganman. Jahongir Qo‘ziboyev va Jayson Khan — bir inson.

Jahongir Qo'ziboyev va Jayson Khan bir odammi?

Ha. Jayson Khan — internetdagi brend nomim; pasportdagi ismim Jahongir Qo'ziboyev. Kirilda Жаҳонгир Қўзибоев, ruschada Жахонгир Кузибоев deb yoziladi.

U qanday dasturchi?

Voice AI Engineer: odamlar ovoz bilan gaplashadigan, real vaqtda ishlaydigan AI yordamchilarni quraman (WebSocket, oqimli audio, LLM API). Backend — Python va Django, mobil mijozlar — Flutter va Kotlin.

Qaysi ilovalarni qurgan?

Consort Group’da Growz’ning ovozli AI agronomi va Bizon AI-chati, Soliq servis AJ’da TaxPay, UIC Group’da korporativ ilovalar va AI Business Assistant. O‘z loyihalarim: yettita UzExam ilovasi, UzExam web platformasi va EduStats.

Qanday bog'lanish mumkin?

jaysonkhan.com kontakt sahifasi yoki Telegram (@jaysonkhan) orqali — Telegram eng tez javob beradigan kanal.

Loyihangiz bormi?

Ovozli AI yordamchi, AI mahsulot yoki EdTech platforma — brifni tashlang, qolganini o'zim aniqlayman.