← Back to Blog
Development March 16, 2026 · 3 min read

Men o‘z portfolio web saytimni ishga tushirdim

JK

Jahongir Kuziboev

March 16, 2026

Men o‘z portfolio web saytimni ishga tushirdim

🚀 Kirish

Assalomu alaykum! 👋
Men o‘z portfolio web saytimni ishga tushirdim — jaysonkhan.com. 🌐 Bu sayt mening dasturchilik tajribam, loyihalarim va texnik ko‘nikmalarimni bir joyga jamlagan professional platformadir. 💻⚙️ Ushbu maqolada saytda nimalar borligini batafsil ko‘rib chiqamiz. Bu maqolani biroz uzunroq qilganimning sababi esa mundarija (Table of Contents) qanday ishlashini ko‘rish uchun 😉

🏠 Bosh sahifa — birinchi taassurot

Saytning bosh sahifasi bir necha muhim bo‘limlardan iborat. Eng yuqorida Hero Section joylashgan — bu yerda mening mutaxassisligim haqida qisqa ma‘lumot, animatsiyali typing effekt va asosiy harakatga chaqirish tugmalari mavjud. ✨

"View Apps" tugmasi orqali loyihalarimni 📱, "Contact Me" orqali esa bog‘lanish sahifasini ochish mumkin. 📬

Sahifaning chap tomonida orbital animatsiya bilan aylanuvchi texnologiya ikonkalari ko‘rinadi — bu mening asosiy ko‘nikmalarimni vizual tarzda aks ettiradi. 🛰️💡

👨‍💻 Men haqimda

About bo‘limida mening professional tajribam haqida batafsil yozilgan. Men mobil ilovalar ishlab chiqishga ixtisoslashgan dasturchiman va Flutter bilan ishlash bo‘yicha bir necha yillik tajribaga egaman. 📱

Men Flutter va Dart yordamida Android va iOS platformalari uchun zamonaviy mobil ilovalar yarataman. Ilovalarni ishlab chiqishda Clean Architecture, BLoC state management, REST API integratsiyasi va yuqori sifatli kod tamoyillariga amal qilaman. ⚙️

Shuningdek real loyihalarda to‘lov tizimlari, API integratsiyalari, Telegram botlar va turli servislar bilan ishlash tajribam mavjud. Maqsadim — barqaror, tezkor va foydalanuvchilar uchun qulay mobil ilovalar yaratishdir. 🚀

📊 Statistika

Saytda mening kasbiy yutuqlarimni aks ettiruvchi animatsiyali raqamli hisoblagichlar mavjud:

  • 3+ yil — professional tajriba ⏳
  • 30+ ta — yaratilgan ilovalar 📱
  • 1M+ — ilovalar yuklab olinishi 📥
  • 100% — Clean Architecture tamoyillariga amal qilish 🏗️

🛠️ Texnik ko‘nikmalar

My Expertise bo‘limida mening texnologik stekimni ko‘rish mumkin. Har bir ko‘nikma kategoriya bo‘yicha guruhlangan va darajasi ko‘rsatilgan:

  • Architecture: Clean Architecture, BLoC, Provider — tizim arxitekturasini loyihalash 🏗️
  • Mobile Development: Flutter, Dart — Android va iOS ilovalar ishlab chiqish 📱
  • Backend Integration: REST API, JSON, HTTP — server bilan ishlash 🔗
  • Databases: SQLite, Hive, PostgreSQL — ma‘lumotlar bilan ishlash 🗄️
  • Dev Tools: Git, CI/CD, Docker — rivojlantirish va deploy jarayonlari ⚙️
  • UI/UX: Figma — dizayn va foydalanuvchi tajribasi 🎨

📂 Loyihalar — mening ishlarim

Saytning /projects/ sahifasida barcha loyihalarim joylashgan. Ularni 6 ta filtr orqali saralash mumkin:

  • All — barcha loyihalar 📁
  • Cross-platform — bir nechta platformada ishlaydigan ilovalar 🌍
  • Android — Google Play‘da mavjud ilovalar 🤖
  • iOS — App Store‘da mavjud ilovalar 🍎
  • Web — web ilovalar 🌐
  • Telegram Bot — Telegram botlar 🤖💬

Har bir loyiha sahifasida batafsil ma‘lumot, ishlatilgan texnologiyalar, App Store va Google Play havolalari, shuningdek case study (muammo, yechim, natija) bo‘limlari mavjud. 📚

Bosh sahifada esa Featured Projects bo‘limida eng muhim loyihalar alohida ajratib ko‘rsatilgan. ⭐

Share this article

Tags

#Portfolio #Django #Python #Web Development #Tailwind CSS
2 likes

Comments 0